JAMIYAT RAISI FЕDЕRATSIYA TOMONIDAN TAQDIRLANDI

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash yig‘ilishiga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov boshchilik qildi.

Yig‘ilishida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2018 yil 25 aprel kunidagi Kengash yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar, Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi va tuman-shahar jamiyatlari tomonidan joriy yilning birinchi choragida hududda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Federatsiya raisi tomonidan joriy yilda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida olib borayotgan samarali faoliyati uchun Dang‘ara tuman jamiyati raisi S.G‘ulomqodirov Federatsiya raisi J.Sarimsoqov tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.