JAMOATCHILIK NAZORATINI TA’MINLASH YO‘LIDA

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tuman hokimi Asadulla Najmiddinovlar ishtirokida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlik, shuningdek tumanda fuqarolar yig‘inining jamoatchilik nazorati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.