INSON QADRI ULUG‘, XOTIRA MUQADDAS!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas!” shiori ostidagi bayramoldi tadbirlari Namangan viloyatida ham ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Yangiqo‘rg‘on tumani “Salmon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Topil ota Madrahimovning xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi.

Federatsiya tomonidan Topil ota Madrahimovga kommunal hizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun bir million so‘m miqdorida pul mablag‘i taqdim etildi.