KЕKSALARI QADRLANGAN YURT!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Asaka tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mo‘ydinjon ota Yusupov va Oltinko‘l tumani “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xo‘jamberdi ota Turg‘unovlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi.

Federatsiya mablag‘lari hisobidan urush qatnashchilarining har biriga kommunal hizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun bir million so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratildi.