QURUVCHILAR ADASHSA, NIMA BOʻLADI?

Samarqand viloyat xokimining telegramm messengeriga shahardagi Buyuk ipak yoʻli koʻchasi 66/22-xonadonda yashovchi O.Davronov murojaat qilgan. Murojaatda aytilishicha, fuqaro “Samira sahovati” MCHJ xizmatidan foydalanib, oʻz oilasi uchun uy-joy qurdirgan. Xonadonning kadastr xujjatlari tayyorlanganda, shartnomada uy 84 m.kv deb koʻrsatilgan. Ishlar yakuniga yetganda esa, uy-joy hajmi aslida 77 m. kv ekanligi maʼlum boʻlgan. Qurilish tashkiloti mutasaddilariga bu farqni aytib, ortiqcha 6,2 kv.m uchun toʻlangan mablagʻni qaytarib olmoqchi boʻlganida, ziddiyat kelib chiqadi. Tashkilot xodimlari pulni qaytarishni xayollariga ham keltirishmaydi.

Mazkur shikoyat arizasi IHHQJ viloyat hududiy birlashmasining mutasaddi xodimlari tomonidan oʻrganilib, vaziyatga oydinlik kiritildi va fuqaro haq ekanligi isbotlandi. Amaldagi qonun talablariga koʻra, isteʼmolchining buzilgan huquqlari tiklandi, yaʼni O.Davronovga ortiqcha olingan 11 .150.000 soʻm pul qaytarib olib berildi.