YOLG'IZ ONANING HURSANDCHILIGI

2015 yilda turmush o‘rtog‘im vafot etganida farzandlarim kichkina va doimiy ish joyim bo‘lmagani sababli juda qiynalib qoldik, – deydi Perixan Xalmuratova. — O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan uyimiz ta’mirlab berilishini eshitganimda avvaliga ishonmadim. Oradan mana 20 kun o‘tar o‘tmas qilingan ishlarni ko‘rib, ularning chinligiga amin bo‘ldim. Buning uchun albatta Federatsiya va uning xodimlaridan cheksiz minnatdorman.