Yangiliklar

18 MILLION 640 MING SOʻM ISTEʼMOLCHI FOYDASIGA HAL QILINDI

Namangan viloyat Uychi tumani Mirzarovot MFY Sokin koʻchasi 28-uyda yashovchi fuqaro S.Mamadaliyeva Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Uychi tuman etuvchi apparatiga yozma ravishda murojaat qildi.

Murojaatda, aytilishicha fuqaro S.Mamadaliyeva xonadoniga ulangan noqonuniy elektr energiyasi uchun 2019 yil 9 fevral kuni MIB xodimlari tomonidan 0009203 – sonli dalolatnoma tuzilgan. Dalolatnomada fuqaroga eng kam oylik ish haqining 100 barobar yaʼni 20 million 24 ming soʻm jarima solingani maʼlum qilingan. Fuqaro ushbu holat boʻyicha advokat I.Xojiyevga murojaat etadi. Advokat ushbu murojaat yuzasidan oʻrganish ishlarini olib boradi va fuqaroga jarima summasi 19 million 296 793 80 tiyinga tushirganligini bildirib oʻtadi.Ushbu holat yuzasidan fuqaro S.Mamadaliyeva Uychi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparatidan amaliy yordam sоʻrab murojaat etgan.

Tuman jamiyati xodimlari fuqaro xonadoniga borib oʻrganish ishlarini olib boradi. Natijada haqiqatda xonadondagi elektr, xisoblagich tarmogʻidan oʻtmagan, tarmoq ochiq xolda boʻlganligi, ochiqda turgan bir elektr karobkasidan xisoblagichdan oʻtmagan, ikkinchi karobka tarmoqqa tortilgan boʻlganligi aniqlandi, shu bilan birga xonadonda 1 ta lampochka, 1 ta isitgich , 1 ta ten, 1 ta ariston mavjudligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Uychi tuman elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari va MIB xodimi tomonidan 0009203 – sonli dalolatnoma boʻyicha qayta xisob-kitob qilinadi. Hisob-kitob natijasiga koʻra, isteʼmolchiga belgilangan jarima avvalgidek, 18 million emas, 484 550 ming soʻmni tashkil etdi. Bundan koʻrinib turibdiki, 18 million 640 ming soʻm mablagʻ isteʼmolchi foydasiga hal etib berildi.

Fuqaro S.Mamadaliyeva tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga oʻz minatdorchiligini bildirib oʻtdi.