2 600 000 SO`MLIK SIFATSIZ QURILISH MATERIALI

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro L.Efremenko shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Iste’molchi L.Efremenko o`z arizasida “Darxon” bozori hududida joylashgan qurilish mollari do`konlarining biridan 2 600 000 so`mga qurilish materillari sotib olganligini, ammo uyida ta’mirlash ishlarini olib borish jarayonida ushbu mahsulotlar ishlatishga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo`lganligini bayon etgan.

Shundan song fuqaro sotuvchidan qurilish mollarini almashtirib berishini so`rab murojaat qiladi. Sotuvchi tomonidan iste’molchining murojaati e’tiborsiz qoldiriladi.

Ariza shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan ko`rib chiqildi va O`zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunining tegishli moddalari sotuvchiga tushuntirildi. Natijada 2 600 000 so`m mablag` fuqaroga qaytarib olib berildi.