2 653 349 SO`M ISTE`MOLCHI FOYDASIGA XAL QILINDI

Urganch tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Urganch tuman “Qorovul” qishlog`i, “Mevazor” ko`chasi 13-uyda yashovchi  Umirbek Sharipov yozma murojaat qilgan. Murojaatda ko`rsatilgan holatlar yuzasidan o`rganish ishlari o`tkazilganda, TMSQFB Urganch tuman bo`limining 2018-yildagi 7-sonli

javob xatiga asosan fuqaro U.Sharipovning xonadoniga 2 million 653 ming 349 so`mlik ichimlik suvidan qarzdorlik yuklatilganligi ma’lum bo`ldi. Ushbu murojaat Urganch tuman jamiyati tomonidan tuman ma’muriy sudiga asossiz yuklatilgan qarzdorlikni olib tashlash yuzasidan da’vo arizasi kiritilib, TMSQFB Urganch tuman bo`limi tomonidan mazkur qarzdorlikni isbotlovchi hech qanday hujjat sudga taqdim qilinmagani uchun asossiz yuklatilgan qarzdorlik bekor qilindi va iste’molchi huquqi tiklandi.