2 800 000 SO`M “QARZDORLIK” ISTE`MOLCHI FOYDASIGA XAL QILINDI

Beruniy tumani Navoiy ovul fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro Ergash Hasanov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Unga ko`ra iste’molchining xonadonida 2015-yil 16-avgust kuni elektr energiyasidan hisoblagichsiz foydalanganligi to`g`risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda 1095 kunlik ya’ni, 3 yillik muddatga Beruniy tuman elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasidan 3 600 000 so`m jarima to`lovi hisoblab qarzdorlik belgilangan.

Jamiyat xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilishi natijasida iste’molchining 0.9 kVt * 24 sooat * 1095 kun = 23 652 kVt soatni 155 so`m ta’rifga ko`paytirish natijasida 3 666 060 so`m jarima hisoblanganligi ma’lum bo`ldi. Ushbu hisoblangan jarima qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchining bir yil davomida elektrdan hisoblagichsiz foydalangani uchun jarimani to`ladi hamda umumiy hisoblangan jarima asossiz ekanligiga oydinlik kiritilib, iste’molchi foydasiga 2 800 000 so`m xal qilindi.