2248 320 SO‘M NORЕAL QARZDORLIK BARTARAF QILINDI

Samarqand shahri “Luchchakon” mahallasi “G‘ayrat” ko‘chasi 38 xonadanda yashovchiM.Hamidov Samarqand shahar gaz ta’minoti idorasi tomonidan qo‘yilgan 2 248 320 so‘mqarzdorlikdan norozi bo‘lib Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat shahar jamiyat xodimi, iste’molchi hamda majburiy ijro byurosi xodimi hamkorligida o‘rganilib, xonadon to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazildi. Natijada, Samarqand shahargaz ta’minoti idorasi tomonidan M.Hamidovga nisbatanqo‘yilgan qarzdorlik noreal ekanligi aniqlandi va qarz iste’molchidan olib tashlandi.