3 700 000 SO`M ASOSSIZ QARZDORLIK…

Uzun tumani “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro O`.Rajabov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi.

Unda keltirilishcha, tuman elektr tarmoqlari korxonasi fuqaroga nisbatan 3 700 000 so`m qarzdorlik hisoblangan. Lekin iste’molchi foydalanilgan elektr energiyasi uchun to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirib kelgan.

Ariza tuman jamiyati xodimlari tomonidan o`rganilganda, fuqaroning haq ekanligi o`z isbotini topdi va unga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.