4 MILLION SO‘MLIK MЕBЕLNING “MIS”I CHIQDI

Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Rajabov Anorboy Sho‘rchi tumanida joylashgan “Nurbek mebel” xususiy korxonasiga qarashli mebel do‘konidan yaxshi niyatlar bilan 4 million so‘mga mebellar to‘lamini sotib oladi. Oldi-sotdi kelishuviga ko‘ra mebelllarni yetkazish va o‘rnatib berishni va’da qilgan sotuvchilar pulni olgandan so‘ng, bu xizmatlarni qo‘l uchida, nomigagina bajarishadi. Mijoz ularni ko‘zdan kechira turib, o‘zi tanlagan mebellarning ayrimlari yo‘q ekanligini sezib qoladi. Bu haqda do‘kon sohibini xabardor qilib, kamchiliklarni bartaraf etishlarini so‘raydi. Bir olam bahonalarni vaj qilgan sotuvchidan “Yorug‘lik” chiqmagach, Sho‘rchi tuman IHHQ jamiyatiga ariza bilan murojaat qiladi. Holat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, iste’molchi foydasiga ijoyuiy hal etildi. Natijada 4 million so‘mlik mebeldagi kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etildi.