4 260 000 SO‘MLIK SIFATSIZ SHIFЕR…

G‘uzor tumani “Kerait” qishlog’ida yashovchi fuqaro A.Rahmonov tumandagi qurilish mollari savdo do‘konlarining biridan 120 dona, har birining qiymati 35 500 (o‘ttiz besh ming besh yuz) so‘mdan bo‘lgan jami 4 260 000 (to‘rt million ikki yuz oltmish ming) so‘mlik shifer sotib olgan. Mahsulotning kafolat muddati davomida shiferning sifatsizligi ma’lum bo‘lgan. Bu hakida haridor sotuvchiga murojaat etganida, sotuvchi haridorning qonuniy talabini rad etgan. Ilojsiz qolgan A.Rahmonov G‘uzor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat etdi. Jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, sotuvchiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida iste’molchining huquqlari, sifatsiz mahsulotga duch kelganda qo‘yiladigan talablar tushuntirildi. Sotuvchi qonun talablarini to‘g‘ri tushundi hamda haridoring talabiga ko‘ra yaroqsiz shiferlarni yangisiga almashtirib berdi.