Yangiliklar

5 450 000 SOʻMLIK BUYURTMA PULI QAYTARILDI…

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Buxoro shahar A. Somiy koʻchasida istiqomat qiluvchi Nodirbek Aliyevdan ariza kelib tushdi. Bunga Buxoro shahri 5-kichik noxiya hududida joylashgan “TaxtapuL” savdo doʻkoniga buyurtma qilingan “muammoli” eshik sabab boʻldi.

2019-yil 22-may kuni 5 450 000 soʻm toʻlovni amalga oshiradi va unga buyurtma bir oy ichida tayyor boʻlishi maʼlum qilinadi. Belgilangan bir oy oʻtgach, Aliyev savdo doʻkoniga boradi va buyurtmani soʻraydi lekin “2-3 kundan keyin”, – degan javobni oladi. Oradan 2 hafta vaqt oʻtadi, isteʼmolchi Toshkent shahridagi ishlab chiqaruvchi korxonaga murojaat qiladi, ular Buxorodan bunday buyurtma qabul qilinmaganligini maʼlum qilishadi. Qolaversa, Buxorodagi savdo doʻkoni bilan anchadan buyon ishlamayotganliklarini aytishadi. Noxiyadagi “TaxtapuL” savdo doʻkoniga kelgan xaridorga Toshkentdagi korxona vakillari aldayotganligini aytishadi va qayta Toshkentdagi korxonaga shu yerning oʻzidan qungʻiroq qilishadi, ular esa buyurtma yoʻqolib qolganligini aytishadi.

Oylar davomida isteʼmolchilik huquqi buzilgan buyurtmachi 5 450 000 soʻm pulini qaytarishlarini soʻraganida pul yoʻqligini aytishadi.

Federatsiya mutasaddilari tomonidan olib borilgan saʼyi harakatlar natijasida isteʼmolchining 5 450 000 soʻm puli toʻliq qaytarildi.