90 KUNDA 200 MUROJAAT

Joriy yilning 30 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Kengash majlisi o‘tkazildi. Kengash majlisini Federatsiya raisi Axmet Urumbayev boshqarib bordi. Yig‘ilishda Federatsiya va shahar, tuman jamiyatlari tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning shahar, tuman jamiyatlariga 2018 yilning 3 oyi davomida fuqarolardan 200 ta murojaat kelib tushgan. Ularning barchasi Federatsiya va uning shahar, tuman jamiyatlari mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib tegishlicha yechimlar topilgan. Kengash majlisi Federatsiyaning kelgusida amalga oshirishi kerak bo‘lgan vazifalari yuzasidan kerakli vazifalarni belgilab oldi.