ASOSSIZ QARZDORLIK ANIQLANDI!

Chust tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning “Sadacha” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro Robiya Rajabova murojaat qildi. Murojaatda ta’kidlanishicha tuman majburiy ijro byurosi xodimi tomonidan fuqaro Rajabovaga xonadonining gaz hisoblagichi yaxshi ishlamayapti degan asossiz ayblov bilan 1 810 387 so`m qarzdorlik yuklatilgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari ariza yuzasidan o`rganish ishlari olib bordi. Natijada xonadonga gaz hisoblagichi qonuniy tartibda o`rnatilgani va soz holatda ishlayotgani aniqlandi. Iste’molchining to`lov daftarchasiga yozilgan 1 810 387 so`m qarzdorlik notўgri deb topildi. Gaz hisoblagichni davlat qiyoslov ko`rigidan o`tkazish shart yemasligi va 3 yillik sertifikat muddati borligi aniqlandi.