Yangiliklar

ASOSSIZ QARZDORLIK BARTARAF ETILDI

Surxondaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Termiz shahar, Baynalminal maxallasi S.Zununova ko‘chasida yashovchi fuqaro G‘oziev E. murojaat qildi.

Murojaatda keltirilishicha fuqaro G‘oziev E. Termiz shahar gaz filialiga oyma-oy o‘z vaqtida tabiiy gaz uchun to‘lovni amalga oshirib kelgan bo‘lsada, Termiz shahar gaz filiali tomonidan 312.774 so‘m qarzdorlik (penya) to‘lashni talab qilayotganligidan norozi ekanligi bildirilgan.

Ushbu murojaat Termiz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi, natijada fuqaroga nisbatan qo‘yilgan 312.774 so‘m qarzdorlik (penya) yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olib berildi.