Yangiliklar

ASOSSIZ QARZDORLIK SUD ORQALI BARTARAF ETILDI

Qashqadaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga, Qarshi shahar, 3-minnituman, 8-uyda, 43-xonadonda yashovchi fuqaro R. Isxanov murojaat qildi. Fuqaro o‘z murojaatida Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasiga plastikli hisoblagich orqali to‘lovni muntazam ravishda o‘z vaqtida to‘lab kelayotganligi, abonent raqami bo‘yicha 301 864 so‘m elektr energiyasidan ortiqcha oldindan to‘lov mavjudligini bildirgan.

Shunga qaramasdan Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan fuqaroga 734 250 so‘m noreal qarzdorlik hisoblagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati iste’molchining manfaatini himoya qilish maqsadida Fuqoralik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Tuman sudi da’vo ishini atroflicha o‘rganib chiqib, elektr ta’minoti korxonasining iste’molchi R. Isxanovga yozgan noreal qarzdorligini asossiz deb topdi.