Yangiliklar

ASOSSIZ QARZDORLIK YOZILSA QAYERGA MUROJAAT QILAMIZ?

Samarqand viloyatining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Pastdarg’om tumani Turkman mahallasida yashovchi I. Abilov murojaat qilgan. Iste’molchi o’z murojaatida tuman gaz idorasi tomonidan o’zi yashaydigan xonadonga 2 300 000 so’m qarzdorlik hisoblagan. Ammo fuqaro doimiy ravishda to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirganligini qayd etgan.

Ushbu vaziyat jamiyat mutaxassislari tomonidan o’rganilib. Gaz hisoblagich ko’rsatkich asosida hamda to’lov pattalari qayta hisob-kitob qilinganda fuqaroning tabiiy gaz iste’molidan 22 080 so’m ortiqcha to’lovi borligi aniqlandi. Iste’molchi foydasiga 2 277 920 so’m hal etildi va huquqi tiklandi.