ASOSSIZ QARZDORLIKLAR QACHONGACHA DAVOM ETADI!?

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Mirishkor tumani “Cho`lquvar” mahallasida yashovchi fuqaro G`ayrat Rajabov xonadoniga tumangaz korxonasi xodimlari tomonidan 2 919 885 so`m qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo`lib shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Mazkur murojaat tuman jamiyati hamda Mirishkor tuman Majburiy ijro byurosi mutaxassislari ishtirokida o`rganib chiqildi. O`rganishlar natijasida iste’molchiga tabiiy gazdan 2 919 885 so`m noreal qarzdorlik hisoblanganligi ma’lum bo`ldi. Jamiyat ko`magi bilan ushbu asossiz qarzdorlik iste’molchi foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, noreal qarzdorlik bartaraf etildi.