Yangiliklar

AVTOMASHINA VAQTIDA YЕTKAZIB BERILMASA, PULI QAYTARILADIMI

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Cho‘libo‘ston qishlog‘i, “O‘zbekiston” ko‘chasi 35-uyda yashovchi fuqaro Ilhom Boymurodov “Orient Avto Lizing” korxonasi xizmatidan norozi ekani haqida murojaat qildi.  Ilhom Boymurodov avtomashina sotib olish uchun mazkur korxona bilan shartnoma tuzgan. Ammo oradan 7 oy muddat o‘tgan bo‘lsa-da, fuqaroga “Neksiya-3” avtomashinasi yetkazib berilmagan. Vaholanki, mijoz korxonaga    51 184000 oldindan to‘lab qo‘ygan. Avtomobilni yetkazib bermagani uchun mijoz korxona rahbarlaridan to‘langan pulni qaytarishini so‘rab murojaat qilgan. Ammo uning murojaatlari javobsiz qolgan.

Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, haqiqatdan “Orient Avto Lizing” korxonasi tomonidan iste’molchi huquqi buzilganligi ma’lum bo‘ldi. Korxona rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli bandlari talablari tushuntirildi.  Natijada fuqaroga 51184000 so‘m mablag’i qaytarib berildi. “Orient Avto Lizing” korxonasi rahbarlariga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa, Qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi tushuntirildi.