BЕE’TIBORLIK SABAB MUAMMO TUG‘ILDI

Kattaqo‘rg‘on tumanining “Andoqsoy” mahallasida yashovchi Tohir Azimov “Tuman elektr ta’minoti” korxonasi kassasiga elektr to‘lovi uchun amalga oshirgan to‘lovlari boshqa hisob raqamiga o‘tib ketganligi, tashkilotga bu haqida qilgan arznomalari e’tiborsiz qolayotgani xususida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

Mazkur ariza tegishliligi bo‘yicha, Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Anglashilmovchilik tufayli, aniqrog‘i, elektr ta’minoti korxonasi xodimining uquvsizligi oqibatida kelib chiqqan mojaro tuman jamiyati mutaxassisining aralashuvi bilan ijobiy yakun topdi. Boshqaabonent hisob raqamiga o‘tkazib yuborilgan mablag‘ iste’molchining hisobiga tushirib berildi.

                                                                                                                               Gulchehra Berdiyorova