BARCHAMIZ ISTE`MOLCHI EKANLIGIMIZNI UNUTMAYLIK!

Jizzax viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga Farg`ona viloyati Dang`ara tumani Qiyali-qo`rg`oncha qishlog`ida yashovchi D.Ro`zimatovdan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, iste’molchi avtomobiliga M-39 avtomagistralida joylashgan “Mustariy Axmadjonova” MChJga qarashli ustaxonada gaz ballon uskunasini 4 800 000 so`mga o`rnattirgan. Oradan ikki kun o`tib avtomobilda nosozliklar sezila boshlaydi. Bunga esa ustalarning o`z ishini sifatsiz bajargani sabab bo`ladi. Iste’molchi D.Ro`zimatov avtomobilini tuzattirgan joyiga borib, ustaga vaziyatni tushuntiradi, ammo xizmat ko`rsatuvchi kamchiliklarni o`z vaqtida tuzatish o`rniga iste’molchining o`zini aybdor qiladi.

Mazkur murojaat bo`yicha tuman jamiyati xodimlari ustaxonada soha mutaxassisi bilan o`rganish ishlarini olib bordi. Natijada haqiqattan ham gaz uskunalari yaxshi o`rnatilmaganligi ma’lum bo`ldi. Jamiyat xodimlari ustaxona rahbariga O`zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunning bir qancha moddalari bo`yicha tushunchalar berdi. Ko`rilgan zarar iste’molchiga to`liq qaytarildi.