“BILAYN” NOTO‘G‘RI YECHILGAN 420 DOLLARNI ABONENTGA QAYTARIB BERDI

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro J.Mo‘minov Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyadan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroga ish joyidan berilgan, «Bilayn» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan raqamni ogohlantirmasdan o‘chirgan hamda oradan 12 kun o‘tib qayta yoqqan. So‘ng esa kompaniya abonentning 526 dollar qarzdorlik borligini bildirgan.

Arizani o‘rganish davomida abonentning telefon raqamiga hisoblangan qarzdorlikning 420 dollari noto‘g‘ri ekani aniqlandi va pullar egasiga qaytarildi.