Yangiliklar

BIR HISOBLAGICHGA IKKITA ABONENT, ISTE’MOLCHI ESA BEXABAR

Qashqadaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Chiroqchi tumani Pakandi qishlog’ida yashovchi fuqaro S. Abduraximova murojaat qildi, Iste’molchi o’z murojaatida o’ziga va turmush o’rtog’iga bitta hisoblagich uchun ikkita abonent ochilganligi, har ikklasiga alohida qarzdorlik yozilganligini keltirgan. Ammo xonadonida turmush o‘rtog‘ining nomiga ochilgan abonent raqami orqali elektr energiyasidan foydalanib, to‘lovlarni vaqtida amalga oshirib kelayotganligiga qaramasdan tuman MIB bo‘limi tomonidan qarzdorligi to‘g‘risida talabnoma jo‘natilganligini ma’lum qilgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro istiqomat qilib kelayotgan xonadonga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan noqonuniy ravishda ham er, ham xotin nomiga ikkita abonent raqami ochilganligi aniqlandi. Ikkinchi abonentdan esa fuqarolarning o’zi bexabar bo’lgan. Aynan ikkinchi abonent raqamiga 779 598 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblab qo‘yilgan.

Mazkur murojaat tuman jamiyati mutaxassislari va tuman elektr ta’minoti korxonasi ishtirokida o‘rganib chiqilib, to‘plagan ma’lumotlar asosida sudga da’vo arizasi kiritildi va ushbu masala ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, ikkinchi abonent raqami orqali hisoblangan 799 598 so‘m qarzdorlik g‘ayriqonuniy deb topildi va elektr ta’minoti korxonasi bazasidan chiqarildi.