BIR KUN HAM ISHLAMAGAN SUV NASOSI

Amudaryo tuman jamiyatiga “Qilichboy” ovul fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro S.Erkayev do`kondan 495 000 so`mga suv chiqaruvchi nasos xarid qilgan. Nasos bir kun ham ishlamaganidan so`ng, do`konga qaytarib olib kelib, sotuvchidan yangisiga almashtirib berishini so`ragan. Sotuvchi esa bunga rozi bo`lmagan. Fuqaro S.Erkayev mazkur masala bo`yicha Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Tuman jamiyati xodimlari murojaat yuzasidan o`rganish olib bordi. Sotuvchi iste’molchining huquqlari qonuniy asosda tushuntirildi. Natijada iste’molchining 495000 so`m puli qaytarib berildi.