Yangiliklar

Bor mehrimiz senga bolajon

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro shahar jamiyati tomonidan 32-sonli mehribonlik uyida 1 iyun — xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Har bir bolaga mehr e’tibor” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirok etdi va bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.

-Bolalarni, ayniqsa mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga qancha mehr, e’tibor ko‘rsatsak shuncha oz. Ularning ko‘zidagi quvonchni ko‘rib, qalbimiz yashnab ketadi. Har birining ta’lim-tarbiyasiga e’tibor berish, yaxshi ta’lim olishlari uchun sharoitlar yaratish, jismonan va ma’naviy jihatdan kuchli shaxs bo‘lib tarbiyalanishi asosiy vazifamiz,-deydi  federatsiya raisi J. Sarimsoqov.

Bayram tadbiri davomida bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tadbir ishtirokchilariga konsert dasturi qo‘yib berildi.