BUYURTMADAGI KAMCHILIK MUROJAAT SABAB BARTARAF ETILDI

Termiz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Gavhar Mardonova murojaat qildi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, iste’molchi 2017-yilning iyul oyida Termiz shahridagi MDF eshiklari korxonasiga buyurtma qilgan 6 dona eshiklardagi oyna qismi oradan salkam bir yil o`tsa-da, o`rnatib berilmagan.

Holat jamiyat xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi hamda fuqaroning davosi haqiqiyligi aniqlandi. Korxona mas’ullariga qonuniy tushuntirishlar olib borildi va eshik oynalari uchun to`langan salkam 300 000 so`m pul fuqaroga qaytarildi.