Yangiliklar

CHIPTA PULI QAYTARILDI

Samarqand viloyat hokimligiga Samarqand shahar Bekzod ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.Shamsieva  murojaat qilgan. Unda keltirilishicha,  Shamsieva  Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi “Sharq” tezyurar poezdiga 3 dona temiryo‘l chiptasini harid qiladi. Poezd reysi noma’lum sabablarga ko’ra qoldiriladi va bu haqda yo‘lovchilarni ogohlantirishmaydi. Fuqaro 321 000 so‘mni qaytarib  olishga  yordam  berishni  so‘ragan.

Viloyat hududiy birlashmasi, Samarqand temiryo‘l vokzali mutaxassislari, iste’molchi ishtirokida vaziyat o‘rganildi. Natijada, vokzal ma’muriyati xatosi tufayli foydalanilmagan chiptalar puli, ya’ni 321 000 so‘m Shamsievaga    qaytarildi.