Yangiliklar

CHUST TUMANIDA HAM “ISTE’MOLCHI KUTUBXONASI” QURILADI

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov hamda Namangan viloyati, Chust tuman hokimi B.Oxunov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Federatsiya raisi va tuman hokimi Federatsiya tomonidan Chust tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo’nalishda qilinishi zarur bo’lgan rejalar xususida, shuningdek, tuman markaziy qismida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Chust tuman jamiyati ma’muriy binosi hamda “Iste’molchi kutubxonasi”ning qurilishi yuzasidan fikr almashishdi. Tuman hokimi Federatsiya tashabbuslarini qo’llab quvvatladi va kelgusida ham yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.