476 MING SO‘MLIK QARZDORLIK ASOSSIZ CHIQDI

Uchtepa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatitomonidan Toshkentshahar Uchtepa tumani, Xondamir 51-uyda istiqomat qiluvchi A.Azimovga“Uchtepa maxsustrans” korxonasi tomonidan qo‘yilgan 476 mingso‘m miqdoridagi qarzdorlikasoslimiyoki asossizmi o‘rganib chiqildi.

Jamiyat mutaxassislari iste’molchi taqdim etgan hujjatlar asosida o‘rganishlar olib bordilar.Mazkur xonadonda yashayotgan odamlar soni qayta tekshirilganda ro‘yxatda turib yashamayotgan odam soni olib tashlanmaganligi ma’lum bo‘ldi va kamaytirilib, kelib chiqqan qarzdorlik olib tashlanishiga erishildi. A.Azimovning ortiqcha qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan shikoyati ijobiy hal etilishiga erishildi.