Yangiliklar

Dmitriy Yanin: Prezident farmoni tarixiy ahamiyatga ega

Xalqaro iste’molchilar jamiyatlari konfederatsiyasi raisi Dmitriy Yanin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 4-mayda imzolangan “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mamlakat taraqqiyoti uchun tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Uning fikricha, davlat rivojlanishi uchun birinchi navbatda fuqarolik jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi zarur.

− Davlat mustaqil fuqarolik jamiyati ko‘magisiz rivojlana olmaydi, chunki u odamlarning ko‘nglida nima borligini yaxshi biladi. Mavjud muammolarni hokimiyat idoralariga tijorat yoki davlat tashkilotlari emas, aynan fuqarolik jamiyati institutlari xolis yetkaza oladi. O‘zbekiston prezidenti farmonida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tuzilgani aynan shu maqsadni ko‘zlayotgani bilan muhim ahamiyatga ega, − dedi D.Yanin.

D.Yanin O‘zbekiston prezidentining farmonida ko‘zda tutilgan fuqarolik jamiyati rolini oshirish, xususan, iste’molchilar huquqi himoyasi davlat barqarorligini ta’minlaydi.