DUNYODA HЕCH QACHON URUSH BO‘LMASIN!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar Buvayda tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Buvayda tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tuman hokimi Begzod Ibragimov boshchiligida va boshqa mas’ullar ishtirokida Nayman qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bozorov Ziyadali ota va Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Egamqulov Kenjaboy otalarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar. Otaxonalarga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tabriklari o‘qib eshittirildi va hokimlik hamda tuman jamiyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.