Yangiliklar

EHTIYOT QISMLAR UCHUN TO’LANGAN PUL QAYTARILDI

Qashqadaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qarshi shahar Mag‘zon mahallasi, Sohibkor ko‘chasi, 32-uyda yashovchi fuqaro Bahodir Polvonov murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, B. Polvonov shu yilning 28 fevral kuni o‘ziga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinaning motorini Qarshi shahridagi “Mehrigiyo” MChJga qarashli avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasida ta’mirdan chiqargan. Ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan 1 500 000 so‘mlik ehtiyot qismlarni “Osiyo” savdo majmuasida joylashgan 191-sonli savdo do‘konidan sotib olgan. Usta haqi uchun esa 480 000 so‘m to‘lov qilgan. Biroq oradan o‘n besh kun o‘tib jami 1 980 000 so‘m xarajat qilinib ta’mirdan chiqarilgan avtomashinaning motori yana nosoz holga kelib qolgan. Iste’molchining yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talabiga esa na ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan usta va na ehtiyot qismlarni sotgan sotuvchi e’tibor qaratishgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro B. Polvonovga sotuvchi tomonidan yaroqsiz ehtiyot qismlar sotilganligi, ta’mirlash ishlari esa sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlandi va sotuvchi hamda ustaxona tomonidan iste’molchiga yetkazilgan 1 980 000 so‘m zarar undirib berilishi ta’minlandi.