Yangiliklar

2 281 098 soʻm noreal qarzdorlik bekor qilindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi “ishonch telefoni”ga Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Arabxona MFYda yashovchi fuqaro N. Unimov murojaat qildi.

Murojaatda keltirilishicha, Koson tuman gaz idorasi tomonidan fuqaroning xonadoniga noqonuniy tarzda qarzdorlik hisoblangan.

Murojaatni oʻrganish jarayonida, fuqaro Unimovning bugungi kunda tabiiy gaz toʻlovlaridan 2 617 814 soʻm qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. Oʻrganish jarayonida ushbu qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinganida, isteʼmolchining xonadoniga nisbatan 2 281 098 soʻm tabiiy gaz toʻlovlari asossiz tarzda hisoblanganligi aniqlandi va Koson tumani majburiy ijro byurosi inspektorlari tomonidan noreal tarzda hisoblangan qarzdorlik xatlov asosida N.Unimovning hisobidan chiqarilishi taʼminlandi.