Yangiliklar

Sifatsiz mahsulot puli isteʼmolchiga qaytarildi

Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi Shavkat Mansurov Shoʻrchi tumani “Surxon” koʻchasida joylashgan xoʻjalik mollari sotiladigan doʻkondan 220 volt kuchlanishda ishlaydigan bir dona elektr suv nasosini 1 300 000 soʻmga sotib oldi. U isteʼmolchi sifatida sotuvchidan mahsulotga toʻlagan puli uchun kassa apparatining chekini ham olmagan. Sotib olgan nasos toʻliq quvvat bilan ishlamagach, Mansurov nasosni doʻkonga qaytarib olib kelgan. […]

Yangiliklar

Namanganda oʻquv seminari tashkil etildi

Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan 27-iyul kuni oʻquv seminar tashkil etildi. Boʻlib oʻtgan oʻquv seminarda viloyat tuman va shahar jamiyatlari raislari hamda mutaxassislari ishtirok etdi. Oʻquv seminarda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini […]

Yangiliklar

Toza ichimlik suvi muammosi yohud qalbimizdagi ogʻriqlar…

Toza ichimlik suvi koʻpchilik tuman-u, qishloqlarda ayniqsa, eng chekka hududlarda yashaydigan aholini qiynaydigan muammolar roʻyxati boshida turadi. Bugun Qoraqalpoqning iqlimi eng ogʻir manzillariga, Surxonning olis togʻli hududlariga toza ichimlik suvini yetkazish masalasiga Davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Ammo tanganing ikki tomoni bor deganlaridek,ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida mamlakatning har bir nuqtasida islohotlar qilinayotgan shu kunlarda ham […]

Yangiliklar

NUQSONLI KONDITSIONER TAʼMIRLAB BERILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toʻraqoʻrgʻon tuman jamiyatiga Turkiston MFY, Ogʻaliklar koʻchasi 19-uyda yashovchi fuqaro Kotibov Dilmurod murojaat qildi. Arizada bayon etilishicha, Kotibov Toʻraqoʻrgʻon tuman Al-Fargʻoniy koʻchasida joylashgan yakka tartibda faoliyat yuritayotgan Karimov Abdurashidga qarashli boʻlgan doʻkondan 2019-yil iyul oyida qiymati 2 900 000 soʻm boʻlgan “Artel” konditsionerini sotib olgan. Sotib olgan tovari, […]

Yangiliklar

“Artel” mahsulotlari sifatiga kafolat bormi?

Bugun bozorlarimizni milliy mahsulotlar bilan toʻldirish, oʻzimizda ishlab chiqarishni rivojlantirishga juda katta eʼtibor berilmoqda. Shu asnoda milliy mahsulotlarimizni yaratuvchi milliy brendlarimiz ham anchagina koʻpayib, oʻz nomi va dovrugʻi bilan kerak boʻlsa jahon bozorlariga chiqmoqda. Ammo baʼzi kompaniyalarning ishlab chiqarayotgan tovarlari sifat talablariga javob bermasligi natijasida “made in Uzbekistan” nomiga dogʻ tushurmoqda. Yozning jazirama kunlarida insonlarning […]

Yangiliklar

Oʻzbekistonda isteʼmolchilar qaysi sohalardan norozi?

Maʼlumotlarga koʻra birgina 2019-yilning birinchi yarim yilligi davomida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga va uning hududiy boʻlinmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar soni jami 6014 ta boʻlib, ushbu murojaatlarning 3 103 tasi ogʻzaki, 2 221 tasi yozma, 690 tasi esa elektron shaklda yuborilgan. Sohalar kesimida tahlil qilinganda, isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning 2165 tasi (36,0%) savdo sohasiga, […]

Yangiliklar

Janubiy Koreyalik isteʼmolchining huquqi himoya qilindi

“Bizdagi muammoni qisqa muddatda hal qilib berganliklari uchun Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Oʻzbekistonda bunday tashkilot borligidan xursandman”. Janob K.Xan, Janubiy Koreya fuqarosi. Ushbu minnatdorchilikning sababiga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Koreya isteʼmolchilar agentligi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangan boʻlib, mazkur kelishuv doirasida har […]

Yangiliklar

Koʻzboʻyamachilik sindromi: Qashqadaryo viloyati kommunal soha vakillari kimni aldamoqda?

Yaqindagina Qashqadaryo viloyatida yashovchi Jasur Qiyomovning xonadoniga “Qarshishahargaz” idorasi tomonidan ikkita abonent hisob raqami ochilib, buning natijasida fuqaro assosiz qarzdorlikka uchrab qiynalgani haqida xabar bergan edik.  Ajablanarlisi, Qashqadaryo viloyatidan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan maʼlumotlarga koʻra, Qashqadaryo viloyati kommunal soha vakillariga xonadonlarga ikkitadan abonent hisob raqami ochib, odamlarga “qarzdor” degan tamgʻani bosish odat […]

Yangiliklar

SUD ISTEʼMOLCHI NOMIDAGI IKKINCHI ABONENTNI GʻAYRIQONUNIY DEB TOPDI

Chiroqchi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Pakandi qishlogʻida yashovchi fuqaro Salomat Abdurahimova murojaat qildi. Arizaga 2011-yilda turmush oʻrtogʻining nomiga ochilgan 0047035-sonli abonent raqami orqali elektr energiyasi toʻlovlarini amalga oshirib kelganligi, hozirgi kunda qarzdorligi mavjud boʻlmasada, majburiy ijro byurosining Chiroqchi tuman boʻlimidan 799 598 soʻm qarzdorlikni toʻlab qoʻyish toʻgʻrisida talabnoma kelganligi sabab boʻlgan. Mazkur […]

Yangiliklar

Kredit olish muammosi hal etildi

Tadbirkorlikni boshlash yoki hunarmandchilik sohasini rivojlantirish maqsadida koʻpchilik yurtdoshlarimiz tijorat banklaridan kredit olishadi. Buni qarangki, barcha hujjatlarni tayyorlab topshirgandan soʻng ham bank eshigi ostonasida sarson boʻladiganlar koʻp uchraydi. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida yashovchi Bobur Bekmurodov ham tijorat bankidan ikki yil muddatga olishi kerak boʻlgan kredit mablagʻini ololmayotganidan shikoyat qilib, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat […]