Yangiliklar

ISTEʼMOLCHIGA YETKAZILGAN MAʼNAVIY ZARAR QOPLANDI

Gohida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlardan ajablanasan kishi. Behosdan shunday boʻlishi ham mumkinmi degan savollar ham tugʻiladi. Keling voqeaning asl tafsilotiga toʻxtalib oʻtsak…Fargʻona shahrida yashovchi S.Baxromov Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilgan. Unga koʻra S. Baxromovga qarashli Fargʻona shahar Farobiy koʻchasidagi uy-joy hukumat qarori asosida buzilishga tushganligi sababli, unga Fargʻona shahar […]