Yangiliklar

3 550 000 SOʻMLIK YAROQSIZ SHIFER BOSHQASIGA ALMASHTIRILDI

Dehqonobod tumani Boʻston mahallasida yashovchi Jasur Jovliyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “ishonch telefoni” orqali qilgan murojaati Dehqonobod tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganib chiqildi. Murojaatda bildirilishicha, J. Jovliyev shu yilning may oyida tumandagi “Xoliq oʻgʻli Joʻra bobo” xususiy korxonasiga qarashli qurilish mollari savdo doʻkonidan 3 550 000 soʻmga 100 dona shifer sotib olgan. Biroq […]

Yangiliklar

MAMLAKATIMIZ QONUNCHILIGI BILAN SOLISHTIRMA TAHLIL

Mamlakatimiz qonunchiligida isteʼmolchiga foyda chiqarib olish bilan bogʻliq boʻlmagan holda shaxsiy isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda boʻlgan fuqaro (jismoniy shaxs) deb taʼrif beriladi. Sotib oluvchi, buyurtma beruvchi, undan foydalanuvchilar-chi? Siz telefon sotib olib, doʻstingizga sovgʻa qildingiz. Mantiqqa koʻra, doʻstingiz shu tovardan foydalanish jarayonida unda biror nuqson […]

Yangiliklar

“ANA SOʻRPRIZU, MANA KIR YUVADURGʻON MOSHINA…”

2019-yil 13-avgust kuni Navoiy shahar Janubiy koʻchasi 29-uyda istiqomat qiluvchi Luiza Xudoyberdiyeva yozma murojaat qildi. Unda Navoiy shahrida joylashgan “TEXNO” savdo doʻkonidan 1 365 000 soʻmga “ARTEL” rusumli kir yuvish mashinasini sotib olganini, uyiga olib borib ishlatib koʻrganida esa tovar nosoz chiqqanidan noroziligi bildirilgan. Ushbu holatdan xafsalasi pir boʻlgan isteʼmolchi shu vaqtning oʻzida yana shoshib […]

Yangiliklar

JIZZAX VILOYATI ELEKTR TAʼMINOTI KORXONASI NAYRANGLARI FOSH BOʻLMOQDA

Ota-bobolarimizdan qolgan bir naql bor “Koʻmirni oʻgʻirlagan temirchi, baloga qolgan koʻmirchi”… Bugun jamiyatimizda sodir boʻlayotgan ayrim voqealarni kuzata turib, baʼzi mutasaddilarning aybdorligi sabab toʻqmoq oddiy xalqning boshida sinayotganiga guvoh boʻlasan kishi. Bir qancha viloyatlarning Elektr taʼminoti korxonalari tomonidan aholiga qoʻyilayotgan noreal qarzdorliklar haqida xabar berib turibmiz. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlarda […]

Yangiliklar

YANA NOREAL QARZDORLIK

Oltiariq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga T.Sodiqov koʻchasida yashovchi fuqaro M.Xojiakbarova yozma shaklda murojaat qildi.  – Xonadonim gazlashtirilgan, foydalanilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni esa oʻz vaqtida amalga oshirib kelaman. Biroq tuman MIB 8-iyul kuni tabiiy gaz toʻlovlaridan 280 000 (ikki yuz sakson ming) soʻm qarzdorligim va uni bartaraf qilishim lozimligi toʻgʻrisidagi talabnoma berdi. Oʻzim […]

Yangiliklar

Befarq boʻlmay muammolarni hal etaylik!

Toʻraqoʻrgʻon tuman “Goʻzal” MFYda yashovchi Xakima Xakimova Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi ishonch telefoni orqali murojaat qilib, oʻzi istiqomat qiladigan mahallasida yakka tartibda faoliyat yuritivchi Saboxat Isroilovaga qarashli savdo doʻkonidan isteʼmol uchun yaroqsiz, insonlar xayoti va sogʻligi uchun xavfli mahsulotlarni sotayotganligidan xamda dukonning sanitar holati talabga javob bermasligidan shu yerda yashovchi aholini norozi boʻlayotganini maʼlum […]

Yangiliklar

YOʻLOVCHILAR MANFAATINI KOʻZLAB

Yozyovon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yoʻlovchi tashish yoʻnalishida aholiga koʻrsatilayotgan ish, xizmatlar sifati talab darajasida emasligi, harakat yoʻnalishlarida tartibsizliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi, shuningdek yoʻl kira narxlarini sunʼiy ravishda oshib ketishi masalalarida Qoratepa hamda Guzarboshi mahalla fuqarolar yigʻini raislarining murojaati kelib tushdi. Murojaatda “Qoratepa-Yozyovon” yoʻnalishida aholiga yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatayotgan haydovchilarning hatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan. Murojaat […]

Yangiliklar

HAR BIR MUROJAAT EʼTIBORDA

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuni 5-moddasiga koʻra, murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin, murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega boʻladi. Bugun Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlarning hech bir mutaxassislar eʼtibordan chetda qolmayapti. Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi M.Tojiboyevaning Isteʼmolchilar huquqlarini himoya […]

Yangiliklar

ISTEʼMOLCHIGA YETKAZILGAN MAʼNAVIY ZARAR QOPLANDI

Gohida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlardan ajablanasan kishi. Behosdan shunday boʻlishi ham mumkinmi degan savollar ham tugʻiladi. Keling voqeaning asl tafsilotiga toʻxtalib oʻtsak…Fargʻona shahrida yashovchi S.Baxromov Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilgan. Unga koʻra S. Baxromovga qarashli Fargʻona shahar Farobiy koʻchasidagi uy-joy hukumat qarori asosida buzilishga tushganligi sababli, unga Fargʻona shahar […]