Yangiliklar

3 MING KILOMETR YURMAGAN YANGI «KOBALT» YONIB KETDI

O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Chirchiq shahri mutasaddilariga ariza kelib tushdi.

Unga ko‘ra, fuqaro M. Ismoilova  2017-yil 9-noyabrda Qibray tumanida joylashgan «Qibray avto-moto servis» MChJga «Kobalt» avtomobili uchun 83 865 970 so‘mga to‘lov qiladi va 2017-yil 26- dekabrda avtomobilni shartnomaga muvofiq qabul qilib oladi.

Ismoilovaning turmush o‘rtog‘i I.Qurbanbayev boshqaruvida bo‘lgan mashina bor yo‘g‘i 2199 km yurgan. Qurbanbayev Rossiya federatsiyasiga ishga ketgandan so‘ng avtomashina boshqa harakatda bo‘lmagan. Mashina vaqti-vaqti bilan o‘n – o‘n besh daqiqa qizdirib turilgan holos.

Ismoilova M. 2018-yil 22-sentyabr kuni avtomashinani yonayotganini ko‘rgan va yong‘in xavfsizlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Dastlabki xulosalar va ekspertlar o‘rganishi natijasida avtomashinaning elektr simlarida nosozlik borligi, xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Sud qaroriga ko‘ra, iste’molchi Ismoilovaga «Qibray avto-moto servis» MChJ tomonidan nosoz avtomashina sotilganligi uchun 97 497 380 miqdorida kompensatsiya hamda 3 899 896 so‘m davlat boji undirishiga qaror qilindi.

One thought on “3 MING KILOMETR YURMAGAN YANGI «KOBALT» YONIB KETDI

Comments are closed.