Yangiliklar

7 070 000 soʻmga xarid qilingan GALAXY S 10 Plus “hunar koʻrsatdi”

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Ishonch telefoni” orqali Uzun tumani, “Yangiyoʻl” mahallasi 59-uyda yashovchi fuqaro Oʻ.Astanaqulovdan ariza kelib tushdi.

Murojaatga 7 070 000 soʻmga sotib olgan GALAXY S 10 Plus telefoni nosoz chiqqanligi sabab boʻldi.

Vaziyatni oʻrganish maqsadida Federatsiyaning Denov tuman mutasaddilari isteʼmolchi bilan bogʻlanishdi, holatni oʻrganib, ushbu telefon xarid qilingan magazin vakillari bilan ham uchrashishdi.

Natijada, isteʼmolchining arizasi oʻrinli ekanligi oʻz isbotini topdi va Astanaqulovning talabiga koʻra, GALAXY S 10 Plus telefoni ortiqcha muammolarsiz yangisiga almashtirib berildi.