Yangiliklar

Asossiz qarzdorlikning asl sababi…

Qarshi tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qarshi tuman, “Dasht” QFY, Guliston koʻchasi 18-uyda yashovchi Davron Sayfiyev (turmush oʻrtogʻi G.Husanova) 2019-yil 4-martda ariza bilan murojaat qilib, xonadonida 2016-yil 22-martda barcha qarzdorliklarni bartaraf etib plastikli elektr xisoblagich oʻrnatilganiga qaramay, Qarshi tuman ETK xodimlari tomonidan 956 952 soʻmga noqonuniy dalolatnoma tuzilganidan norozi boʻlib, ushbu holatga aniqlik kiritib berishni soʻrab murojaat qilgan.

Murojaat yuzasidan Federatsiya xodimlari tomonidan vakolat doirasida oʻrganilib, toʻplangan barcha hujjatlar asosida Qarshi tumanlararo fuqarolik sudiga “Daʼvo arizasi” kiritildi.

Qarshi tumanlararo fuqarolik sudining 2019-yil 16-avgust kunidagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo arizasi qanoatlantirilib, 17.08.2016-yilda tuzilgan №10224-000171 raqamli dalolatnomani haqiqiy emas deb topildi va dalolatnomaga asosan isteʼmolchi xonadoniga hisoblangan 956 592 soʻm asossiz qarzdorlikni undiruv roʻyxatidan chiqarish majburiyati Qashqadaryo elektr tarmoqlari AJ, va Qarshi tuman ETK zimmasiga yuklatildi va istemolchining murojaati ijobiy hal etildi.