Yangiliklar

Befarq boʻlmay muammolarni hal etaylik!

Toʻraqoʻrgʻon tuman “Goʻzal” MFYda yashovchi Xakima Xakimova Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi ishonch telefoni orqali murojaat qilib, oʻzi istiqomat qiladigan mahallasida yakka tartibda faoliyat yuritivchi Saboxat Isroilovaga qarashli savdo doʻkonidan isteʼmol uchun yaroqsiz, insonlar xayoti va sogʻligi uchun xavfli mahsulotlarni sotayotganligidan xamda dukonning sanitar holati talabga javob bermasligidan shu yerda yashovchi aholini norozi boʻlayotganini maʼlum qilgan.

Ushbu holatni aniqlashtirish uchun federatsiya mutaxassisilari va tuman DSENM xodimlari ishtirokida savdo doʻkonida oʻrganish oʻtkazildi. Oʻtkazilgan kuzatuv-oʻrganish jarayonida savdo doʻkonida xaqiqatdan xam ayrim maxsulotlar uy sharoitda tayyorlanib, qadoqlangan sharbat xamda murabbo maxsulotlari yorliqsiz, ishlab chiqarilgan, tayyorlangan va yaroqlilik muddatlari koʻrsatilmagan xolda sotilayotganligi, savdo doʻkoni sanitar holatga mos kelmasligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan savdo doʻkoni raxbariga qonuniy tartibda tushuntirish va ogoxlantirishlar berildi. Kamchiliklarni oʻz oʻrnida bartaraf ettirilib, yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan, uy sharoitida tayyorlangan maxsulotlar savdosiga chek quyildi. Aslida har bir inson yon-atrofida boʻlayotgan voqea-hodisalarga befarq boʻlmasligi zarur! Shundagina koʻplab muammolar oʻz joyida hal boʻladi.

Toʻraqoʻrgʻon tuman Isteʼmolchilar xuquqlarini
ximoya qilish jamiyati mutaxassisi Muazzam Ikromova