Yangiliklar

Bu galgi muammo motoroller!

“Allo, bu – Iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish Federatsiyasimi? Ismim De Dmitriy Dyubeevich, Kogon shahar “Amir Temur” ko‘chasida istiqomat qilaman. Yaqinda Buxoro shahar “Hayot Gold” MChJ ga qarashli mototexnikalar do‘konidan 12.100.000 so‘mga motoroller (mototsikl) harid qildim. Lekin oradan bir necha kun o‘tmasidan…”

Ushbu iste’molchi murojaatini mantiqiy davom ettirish qiyin emas. Kunda bo‘lmasa kunora shunga o‘xshash muammoli vaziyatlarga to‘qnash kelamiz. Nosoz va sifatsiz tovarlardan aziyat chekadiganlar oramizda ko‘pchilikni tashkil etadi. To‘lov qilishdan oldin yaxshilab ko‘rib, tekshirib olish kerak degan tushuncha ham ba’zi hollarda o‘rinsiz. Yangi texnika bo‘lsa, kafolatli sotilsa, binoyidek ishlatib ko‘rsangiz-u, uyga keltirgach “hunarlari” namoyon bo‘lsa! Tadbirkor bilan murosa qilish anchayin mushkul, aybni haridorga ag‘daradi. Bir so‘m, ikki so‘mlik harid bo‘lsa-ku qo‘l siltab ketaversangiz. Naqd 12.100.000 so‘m pulingiz havoga uchsa, qanday qanoat qilish mumkin?! Axir xech kim pulni ko‘chadan supurib olmaydiku.

 

Yuqorida murojaati aks etgan De Dmitriy ham sifatsiz motoroller harid qilgan-u, endi dardini kimga aytishni bilmay arosatda. Bo‘zchining mokkisidek tadbirkor yoniga qatnayverib charchagan qahramonimiz ko‘rib turganingizdek Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga ariza qoldirishga majbur bo‘ldi. Mutasaddilar muammoni tezkorlik bilan hal etishdi. Harid qilingan nosoz motoroller tadbirkorga, 12.100.000 so‘m to‘lov esa Dmitriyga qaytarildi. Tadbirkor iste’molchi xuquqi nechog‘liq ximoya qilinishini, iste’molchi De Dmitriy muammo tug‘ilganda ortiqcha sarmoya va vaqt yo‘qotib yurmasdan, Iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat qilish kerakligini tushunib yetdi!

 

Amirxon Axmadov