Yangiliklar

TOʻRAQOʻRGʻONDAGI YANA BIR ASSOSIZ QARZDORLIK

Bugungi kunda eng koʻp uchrayotgan muammolardan biri kommunal toʻlovlardagi assosiz qarzdorliklardir. Toʻraqoʻrgʻonlik Abdurasul Gʻaniyev xonadoniga tuman gaz taʼminoti korxonasidan tabiiy gaz uchun 1 mln 371 ming 692 soʻm qarzdorlik borligi haqida maʼlumot kelgan. U esa bundan norozi boʻlgan. Boisi har oygi toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelgan. Tuman gaz taʼminoti yoʻlida kovushi yemirilgan Abdurasul Gʻaniyev isteʼmolchilar […]

Yangiliklar

ISTEʼMOLCHI DOIMO QONUN HIMOYASIDA!

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Navoiy shahar jamiyatiga “Sputnik” qoʻrgʻoni Pushkin koʻchasi 4-51 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Dilrabo Poʻlatova yozma murojaat qilgan. Fuqaro arizasida 2019-yil 25-iyun kuni yozning jazirama issiq kunlarida malham boʻladi deb yaxshi niyatda 2 650 000 soʻmga sotib olgan “ARTEL” konditsioneri usta tomonidan oʻrnatilayotgan vaqtda shikastlanib […]

Yangiliklar

ISTEʼMOLCHILAR QARZDOR EMAS EKAN…

Baxmal tumanidagi yashovchi X.Saidmurodov har oy nafaqa pulidan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshirib kelgan. Shunday boʻlsa-da, MIB tuman boʻlimi orqali kelgan xabarnomada elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan unga 2 mln.soʻm qarzdorlik hisoblangan. Noilojlikdan qolgan X.Saidmurodov isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qiladi. Federatsiya mutasaddilari ishtirokida X. Saidmurodovning nafaqa pulidan oyma- oy toʻlab borgan toʻlov […]

Yangiliklar

NOUTBUK UCHUN TOʻLOV QAYTARILDI

Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi B.Omonov “Texnomart” doʻkoni filiallarining biridan noutbuk sotib olgan edi. Noutbuk fuqaro xonadoniga doʻkon tomonidan yetkazib berilgan. Fuqaro uning ustki qismi qirilganini koʻrib, shu zahoti doʻkonga murojaat qilgan. Doʻkon sotuvchilari turli bahonalar qilib, isteʼmolchini talabini bajarishmagan. B.Omonov ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti portalining “ishonch telefoni” ga murojaat qilgan. Uning […]

Yangiliklar

VAʼDA – QURUQ, BAJARILSA ULUGʻ

Har bir yurtdoshimizni hayotdan rozi boʻlishi uchun qilinayotgan saʼy harakatlar jamiyatning ayrim tizimlaridagi nohaqliklar sabab sezilmaydi gohida. Biz avtomobil olish uchun shartnoma tuzib, soʻngra uni kutishdan charchaganlar haqida koʻp eshitganmiz. Andijon viloyatida yashovchi M.Temirov Isteʼmolchilar huqularini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilar ekan, u Fargʻona shahridagi “Umid savdo fayz invest” masʼulyati cheklangan jamiyati bilan 2018-yilda shartnoma […]

Yangiliklar

DEHQONOBODNI YANADA OBOD QILUVCHI MASKAN

Har qanday mamlakatning rivoji, taraqqiy etishi shu yurtda yashovchi insonlarning aqliy salohiyati, dunyoqarashi va albatta kitobxonlik darajasiga borib taqaladi. Boisi har nening asosi ilm. Bilimni esa bevosita kitoblardan olamiz. Endigina hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan bolalarimiz, yoshlarning kitobga boʻlgan mehrini oshirish, bugungi globallashuv davrida gʻoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi barchamizga ayon haqiqat. Kitobsevarlik muxit orqali shakllanadi. […]

Yangiliklar

“ROISON”NING SIFATSIZ MUZLATGICHI ALMASHTIRIB BERILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Xorazm viloyat Prokuraturasi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Markaziy mahallasi “J.Neru” koʻchasi 4-uyda yashovchi fuqaro N.Saidov tomonidan Urganch shahrida joylashgan Asal Samish hususiy korxonasidan 2 400 000 soʻmga sotib olingan “Roison” sovutgichi sifatsiz chiqqanligi yuzasidan ariza kelib tushdi. Ariza sabablarini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari […]

Yangiliklar

BEKRABODDAGI UY VA HISOBLANGAN 3,4 MILLION SOʻM QARZ KIMNIKI?

Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar boʻlimi tomonidan Bekrabod koʻchasi 19-uyning tabiiy gaz toʻlovlaridan yuzaga kelgan 3 400 000 (uch million toʻrt yuz ming) soʻmdan oshiq qarzdorligini toʻlab qoʻyish Qarshi shahri Gungon MFY, Janubiy sanoat koʻchasi, 3-qator, 19-uyda yashovchi fuqaro Sayid Eshmatovdan talab qilindi. Ushbu manzildagi uy kimniki, uning “boʻyniga ilib qoʻyilgan” qarzdorlik qayerdan paydo boʻlganining […]

Yangiliklar

Tillaning misi chiqdi

Tilla buyumlar oldi-sotdisida aldanib qoladiganlar juda koʻp uchraydi. Ayniqsa, ayollar bu borada koʻpincha yolgʻonlarga chuv tushishadi. Joriy yilning 20-iyun kuni jamiyatga oʻzining yozma arizasi bilan murojaat qilgan Navoiy shahri Nurafshon koʻchasida yashovchi Xayriniso Shodiyeva Navoiy shahridagi tillo taqinchoqlar savdo markazidan 1 500 000 soʻmga sotib olgan tilla zirak sifatsiz chiqqanidan noroziligini bildirgan. Holat Federatsiya mutasaddilari […]

Yangiliklar

ILK QADAMDAGI KOʻMAK…

“Insonlarning dardu-tashvishlari bilan yashash odamiylikning eng oliy mezonidir” deya yurtboshimiz har bir tashkilot, idorani fuqarolarning muammo va qiyinchiliklarini oʻrganib, hal etishga chorlagan edilar. Bugun Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi oldida turgan muhim vazifalarning asosi ham xalqni qiynayotgan muammolarga, tashvishlarga yechim topishdir. Federatsiya bugun tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida ham kerakli ishlarni amalga oshirmoqda. Namangan viloyati […]