Yangiliklar

Elektr energiyasi uchun toʻlangan pul qayerga ketdi?

Samarqand shahrining Kattaqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi Ijobat Egamberdiyeva federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilib, xonadonida sarf etilgan elektr energiya uchun “Agrobank” tuman filiali orqali 1 700 000 (bir mln. yetti yuz ming soʻm) toʻlov qilganligini bildiradi.

Muammo shundaki, bu summa isteʼmolchi hisobiga tushmagan. Qarzdorlikni toʻlash haqidagi ogohlantiruvchi xatlar ketma – ket kelavergach, fuqaro federatsiya ishonch telefoni 10-91ga murojaat qilishiga toʻgʻri keladi.

Murojaat qonun talablari asosida tomonlar ishtirokida oʻrganilib, Egamberdiyevaning haqli eʼtirozlari ijobiy yakun topdi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining loqaydligi oqibatida boshqa hisobga oʻtib ketgan kam emas, koʻp emas 1 700 000 soʻm mablagʻ isteʼmolchi hisobiga oʻtkazib berildi.