Yangiliklar

FORMA UCHUN YIGʻILGAN PULLAR OʻZ EGALARIGA QAYTARILDI

Oʻzbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toʻraqoʻrgʻon tuman ijro etuvchi apparatiga tumandagi Xalq taʼlimiga qarashli 1-sonli umumtaʼlim maktabi ishchi xodimlari tomonidan murojaat kelib tushgan.

Murojaatda bayon etilishicha, Namangan shahar, Navoiy koʻchasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor “Ilxomjon Madina” servis MCHJga oʻqituvchilar kiyimi uchun 2018-yil may oyida 1 mln 670 ming soʻm pul mablagʻi yigʻib berilgan va shu kunga qadar buyurtma MCHJ tomonidan yetkazib berilmagan va tadbirkor tomonidan oʻqituvchilar talabi qondirilishi oʻrniga, turli bahonalar bilan paysalga solib kelingan.

Shundan soʻng holat yuzasidan jamiyatga amaliy yordam berilishini soʻrab murojaat qilishga majbur boʻlishgan va bu murojaat boʻyicha jamiyat mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda oʻrganib chiqildi va oʻqituvchilar tomonidan yigʻib berilgan 1 mln 670 ming sum mablagʻlari “Ilxomjon Madina” servis MCHJ tomonidan qaytarib berildi.