Yangiliklar

Hamkorlik taraqqiyot kaliti!

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi raisi J.Mutaxarov, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro Real Moto” MCHJ tomonidan “LOCHIN” yuk tashishga moʻljallangan mototexnikalar ishlab chiqarish zavodi raxbari S.Sulaymonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida sohaga tegishli muammolar va isteʼmolchilar murojaatlarini tizimli oʻrganish, bartaraf etishda ikki tashkilot oʻrtasida oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish taklifi aytib oʻtildi. Hamkorlik bosh maqsadi ichki bozorda isteʼmolchilar talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish, ularning xavfsizligi va haq- huquqlari daxlsizligini taʼminlashdan iborat.

Zavod ishchi xodimlariga yaratilgan zaruriy shart-sharoitlar, xayotiy xavfsizliklari, oʻz vaqtida va sifatli ovqatlanishlari taʼminlanganligi, yotoqxona, madaniy xordiq olishlari uchun moʻljallangan maxsus xonalar va yuvinish xonalari axvoli koʻzdan kechirildi.

Birlashma raisi zavod ishchi-xodimlari ish jarayonida bevosita ishtirok etib, ularga qonun xujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan isteʼmolchi sifatidagi xuquq va majburiyatlari xaqida zaruriy tushunchalar berib oʻtdi. Ularni qiziqtirayotgan savollarga qonuniy javoblar berildi.

-“Biz ishlab chiqarayotgan mototexnikalar dizayni, sifati, chidamliligi, jaxon standartlariga javob bera olishi, xamyonbop narxi, ichki bozorda nechogʻlik mijozlar ishonchini qozonib ulgurganligi bugun xech kimga sir emas. Yaqin kunlarda Rossiya Federatsiyasi bilan tuzgan shartnomaga binoan mototexnikalar eksport qilish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston IHHQJF Buxoro viloyat xududiy birlashmasi bilan oʻzaro xamkorlik oʻrnatishdan mamnunmiz”,- deydi “LOCHIN” zavodi raxbari S.Sulaymonov.

Uchrashuv soʻngida kelajakda xamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi. Darxaqiqat, xamkorlik taraqqiyot kaliti!