Yangiliklar

HAR BIR MUROJAAT EʼTIBORDA

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuni 5-moddasiga koʻra, murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin, murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega boʻladi.

Bugun Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlarning hech bir mutaxassislar eʼtibordan chetda qolmayapti.

Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi M.Tojiboyevaning Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasigaa qilgan ogʻzaki murojaatida xonadoniga 3 yil avval yangi elektr hisoblagich oʻrnatilganligini, toʻlovlarni ana shu hisoblagich koʻrsatkichlari asosida amalga oshirib kelayotganligi, lekin negadir bugungi kunga kelib elektr energiyasi toʻlovlaridan 1 301 250 (bir million uch yuz bir ming ikki yuz ellik) soʻm qarzdorlik vujudga kelganligini, ushbu masalada bir necha bor tuman elektr taʼminoti korxonasiga murojaat qilishiga qaramasdan masala ijobiy yechim topmay kelayotganligini bildirib, masalaga aniqlik kiritilishida amaliy yordam koʻrsatilishini soʻragan.

Oʻrganish davomida haqiqatdan ham isteʼmolchining xonadoniga 3 yil avval oʻrnatilgan hisoblagichning tuman elektr taʼminoti korxonasi kompyuter bazasiga kiritilmaganligi, lekin fuqaro tomonidan toʻlovlar mazkur hisoblagich koʻrsatkchilari asosida amalga oshirib kelinganligi qayd qilindi. Aniq fakt va maʼlumotlarga tayanib, isteʼmolchining hisoblagichi kompyuter bazasiga kiritilib, unga nisbatan hisoblangan qarzdorlikni bartaraf qilinishiga erishildi.