Norway

UZBEKISTON ISTEMOLCHILARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
JAMYATLARI FEDERATSIYASI
SAYT VAQTINCHALIK TEST REJIMDA ISHLAMOQDA

Virtual qabulxonasi
Bosh Sahifa Барча янгликлар

Reyd. Metan gaz narxi boʻyicha Toshkent shahrida ahvol qanday?


Fozzpuz: Янгиликлар

Oʻzbekiston isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va OʻzAning joylardagi vakillari birgalikda hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida metan gazni narxini oʻrganmoqda. Hozirga qadar Navoiy, Namangan, Buxoro, Xorazm, Fargʻona viloyatlarida avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalarida 1 kub gazning sotilish narxi toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishdingiz. Guruh aʼzolari ayni vaqtda Toshkent shahridagi narx-navoni oʻrganishmoqda. Uchtepa tumanidagi “NAC Absolute”, “Power Avto Gas”, “Buyuk Boriy Valiy” – 2200,Yunusobod tumanidagi “NAC Absolute”, “Aleks Plyus Biznes”, “Yunus-Abad Metan Servis”, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Capital Gas Plyus”, “Qibray metan”, Cergeli tumanidagi “Oʻzgarish gaz trans 2”, “Avtoyoqilgʻi savdo”, “RAMIRES GAZ SERVISE”, “Progress gaz petrolium”, “Namtosh Metangaz”, “Tashkentskiy trubnыy zavod”, “Speskomplekttorg”, “Goʻsht sut taʼminot”, Delta Biznes“, Bektemir tumanidagi ”Gold Gaz Servis“, BEKTEMIR-METAN”, Olmazor tumanidagi “Avaton Gaz Avto”, “Chashka servis”, Hamza tumanidagi “Inter Mobil gaz”, Chilonzor tumanidagi “Gaz Invest Project”, Shayxontohur tumanidagi “Marhamkorbek”, Yashnobod tumanidagi “Gaz toʻldirish servis”, Yakkasaroy tumanidagi “Turon toʻyona” kabi avtomobillarga siqilgan gaz (metan) quyish shoxobchalarida gazning bir kubi 2 ming 200 soʻmdan sotilmoqda. Guruh aʼzolari faqatgina Mirobod tumanidagi “Mirobod metan”da narxlar 2 ming 100 soʻm ekanini aniqladi. Navbatdagi reydimiz Jizzax viloyatidagi gaz quyish shoxobchalari misolida davom etadi. Unda viloyatdagi qaysi shoxobchalarda narxlar oʻzboshimchalik bilan koʻtarilganini aniqlashtiramiz. Eslatib oʻtamiz, oʻzboshimchalik bilan narxlarni oshirgan gaz quyish shoxobchalariga Moliya vazirligiga sanksiya qoʻllashi mumkin.

«Genesys» компанияси «Қишки чегирмалар» акцияси
«Hamkorbank»дан янгилик – Visa Virtual картаси!
Golden House компанияси HYATT меҳмонхонасида Mirabad Avenue резиденцияси тақдимотини ўтказди
TECHNOSHOP – электрон маиший техникаларнинг барчаси бир жойда!